Imomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
26 mart 8035 1 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etgan.


Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Tojikiston madhiyalari yangragan.


Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.


Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining muzokaralari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkentga yetib kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib olgan edi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart