Isroilda O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonlik muhojir erkak raketa ogohlantirishi paytida suratga olingan videosi tarqalib ketgandi. Mazkur hodisadan so‘ng erkak Isroil politsiyasi tomonidan hibsga olingani aks etgan video ham tarqaldi

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha kun avval o‘zbekistonlik muhojir erkak ogohlantirish signali yangragan paytda panoh joylariga yugurayotganlarni videoga olgan. Videoda u “Mana hech kim qolmadi, kalamushlar qochib ketdi. Hech kim yo‘q”, deb aytgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘plab isroilliklarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, erkakni buxorolik san’atkor Avi Hen ko‘chada tanib qolib, huquq-tartibot organlariga xabar bergan va ko‘p o‘tmay politsiya yetib kelib, erkakni so‘roq qilish uchun hibsga olgan.

O‘zbekistonlik erkak bu ayblovni rad etib, video o‘zining tanishlariga qaratilganini aytgan. Uning aytishicha, ogohlantirish paytida tanishlari uni yolg‘iz qoldirib, bombapanohga qochgani uchun shu videoni hazil tariqasida olgan va videoning bu qadar keng tarqalishini kutmagan. 

Mazkur holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Novosibirsk viloyatining Karasuksk tuman sudi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblab, O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

muhojir Isroil O'zbekiston fukarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing