Isroilda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Olam
−
04 mart 2701 1 daqiqa
Bugun, 4 mart holatiga ko‘ra, Isroil hududiga amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida jabr ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolari haqida murojaatlar kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchixona tomonidan vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda va Isroilning tegishli davlat organlari vakillari bilan doimiy aloqa qilinmoqda.
Shoshilinch murojaatlar uchun quyidagi aloqa vositalari faoliyat yuritmoqda:
- 03-672-2466;
- 03-672-2371;
- 03-758-5075;
- 03-758-5076.
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54-4851397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Elchixonaning rasmiy Telegram-guruhi
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashganini inobatga olib, elchixona konsullik bo‘limiga jiddiy va zarur ehtiyoj bo‘lmagan hollarda kelishdan tiyilib turish qat’iy tavsiya qilingan.
Shuningdek, elchixona Isroildagi o‘zbekistonliklarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, ehtiyotkorlikni oshirishga hamda raketa hujumlari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatda amal qilayotgan favqulodda holat rejimi munosabati mamlakatdan chiqib ketish tartibini tushuntirgandi.