Isroildagi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish tartibi tushuntirildi

Olam

image

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatda amal qilayotgan favqulodda holat rejimi munosabati mamlakatdan chiqib ketish tartibini tushuntirdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatdan chiqib ketishga zarurat tug‘ilganda, fuqarolar Isroilni Misr bilan chegaradagi “Taba/Begin” nazorat-o‘tkazish punkti orqali tark etishlari mumkin. U yerdan Sharm-ash-Shayx shahriga yetib olib, muntazam aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga qaytish imkoniyati mavjud.

Elchixona fuqarolarni xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga, ogohlantirish signallari chog‘ida darhol boshpanalarga yo‘l olish va xavf signallariga befarq bo‘lmaslikka, shuningdek, xotirjamlikni saqlashga, raketa parchalari yaqiniga bormaslikka va faqat rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqirgan.

Diplomatik vakolatxonalarning aloqa ma’lumotlari:

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ishchi raqamlar:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Shoshilinch aloqa (24/7):
+972 54 485 1397

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi:
+20233364516
+201281444867

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik sababli Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan Frontorti buyrug‘iga qat’iy amal qilish so‘ralgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixona Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing