Qatarda o‘zbekistonlik 11 yoshli bola halok bo‘ldi
Olam
−
04 mart 14144 1 daqiqa
Qatarda 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh qismidan olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan vafot etgan bolaning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Bu haqda ma’lumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 9 yoshli bolani ZIL mashinasi urib ketgandi. Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan piyoda H.M. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan vafot etgan.