Istanbulda narkotik savdosiga aloqador 6 o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
3-sahifa
−
03 Oktabr 3995 1 daqiqa
Joriy yilning 29 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 sentyabr kuni Istanbulda 6 kishi, shu jumladan “Jasmin” taxallusli shaxs qo‘lga olinib, 30 sentyabr kuni “Moltepa” yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.
Bildirilishicha, mazkur shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jinoyat sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr