Istanbulda so‘yib ketilgan ayolning qotili Samarqandda ushlandi – Bosh prokuratura
3-sahifa
−
03 Oktabr 14021 2 daqiqa
Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketilgani, qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qo‘lga olingani xabar qilingandi. Asli navoiylik bo‘lgan erkak o‘z uyida emas, Samarqand viloyatidagi tanishinikida ushlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Turkiyada ayolni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan erkak 2002 yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan sudlangan. Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari ushbu shaxs Turkiyadan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelib, Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi tanishlarinikida yashirinib yurganini aniqlagan va uni qo‘lga olgan.
Ma’lumot uchun, qotillik joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 21:30 da Istanbulning Fotih tumanidagi Oqsaroy mahallasida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol o‘z uyida jonsiz holda topilgan. Xabar kelib tushganidan keyin voqea joyiga politsiya, tergovchilar guruhi va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. Aniqlanishicha, ayol bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirilgan. Jasad Sud tibbiyot instituti o‘likxonasiga yuborilgan. Jamoat xavfsizligi boshqarmasi qotillik byurosi politsiyasi voqea yuzasidan tergov boshlagan va xavfsizlik kamerasi tasvirlarini tekshirgan.
Politsiya xodimlari o‘zbekistonlik erkak binodan chiqib ketayotgani tasvirini olgan. Qotillikda gumonlanuvchi O‘zbekistonga qochib ketgani aniqlangan. Voqea yuzasidan tergov olib borayotgan Qotillik byurosi xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olish uchun konsullik xodimlari bilan uchrashgan.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mast bo‘lganini aytgan gumonlanuvchi, ayolni ko‘rish uchun Turkiyaga borgani va qaytib kelganini bildirgan. Shuningdek, u ayol pul uchun shantaj qilganini, bu esa qotillikka sabab bo‘lganini aytgan. Gumonlanuvchining sudi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
Live
Barchasi