“Qamchiq”da fura yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 sentyabr kuni “Qamchiq” dovonida Volvo rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 22:35 da “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida Volvo rusumli yuk mashinasi harakatlanayotganida, uning tirkamasida yong‘in kelib chiqqan. Tirkamada esa qurilish mahsulotlari bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:47 da yetib borib, yong‘in soat 23:42 da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Iveco yuk mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq Volvo Vodiy-Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing