“Qamchiq”da Volkswagen xandaqqa tushib ketdi (video)
Jamiyat
−
20 Oktabr 3538 1 daqiqa
Joriy yilning 18 oktyabr kuni “Qamchiq” dovonida Volkswagen haydovchisi bilan xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:10 da A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Vodiy–Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Volkswagen rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Shundan so‘ng, amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va asbob-anjomlar yordamida haydovchi va avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tgan M34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida Lacetti haydovchisi 2 nafar yo‘lovchisi bilan qurilayotgan yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi uchun kavlangan chuqurlikka tushib ketgandi.
Live
Barchasi