“Qamchiq”dagi 2 ta “avariya”da 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 28 avgust kuni “Qamchiq” dovonida ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi va buning oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 04:40 larda A-373 avtomobil yo‘lining Vodiy-Toshkent yo‘nalishida Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavsizligini ta’minlay olmagan hamda o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilib, YTH sodir etgan. Oqibatda Lacetti yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur hududda soat 08:39 larda ham Cobalt boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng, avtomobil o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga va yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk mashinasiga borib urilgan. Ushbu hodisa oqibatida esa Cobalt’da bo‘lgan ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohati bilan vafot etgan.

Bildirilishicha, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilishi oqibatida majaqlanib ketgan, Cobalt avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa (kyuvet) tushib ketgan va Farg‘ona viloyatida kredit olinganda garovga qo‘yilgan Cobalt mashinasi “Qamchiq” dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt Qamchiq Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing