Qarshidagi bozorda 12 yoshli qizning boshiga temir tushib ketdi. Qiz vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi bozorda 12 yoshli qizning boshiga temir tirgak tushib ketgani va oqibatda qiz vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Qarshi shahri “Oqtepa” MFY hududida joylashgan “Orzu” bozori hududida qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turarjoy majmuasida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli 2013 yilda tug‘ilgan U.M.ning boshiga 10-qavatdan bir dona temir tirgak (lesa) tushib ketgan. Hodisa oqibatida U.M. o‘sha joyning o‘zida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.M.ning o‘lim sababini aniqlash uchun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning tanasida bosh miya pardasiga va miya qorinchalariga qon quyilishi, boshning tepa va peshona suyaklarining parchalanib, sinib, asos suyagiga o‘tishi, chap o‘mrov o‘rta uchligidan sinib siljishi hamda o‘pkalarga qon quyilishi kabi jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan sud kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlanib, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasidan mutaxassis jalb qilingan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Qarshi Orzu bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing