Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi. Bu haqda joriy yilning 15 aprel kuni imzolangan “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 may kunidan e’tiboran ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.

Tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.

2025 yilning 1 sentyabridan boshlab da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi quyidagicha bo‘ladi:

  • yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha (56 million 250 ming so‘mgacha);
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan BHMning 100 baravarigacha (37,5 million so‘mgacha);
  • jismoniy shaxslarga nisbatan BHMning 50 baravarigacha (18 million 750 ming so‘mgacha) oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Prezident tomonidan imzolangan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonga asosan 2024 yilning 1 oktyabridan e’tiboran bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga oshirilgan. Shunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston hududida bazaviy hisoblash miqdorining amaldagi summasi 375 ming so‘mni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

bank Qarzdorlik realizatsiya mol-mulklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing