Qashqadaryoda “prava” olib berishni va’da qilgan mansabdor ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi o‘rinbosari pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan fuqaroning murojaati asosida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi o‘rinbosari ariza muallifining o‘g‘liga imtixonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga, xizmat xonasida 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Vatanparvar prava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing