Qibrayda 24 yoshli qiz GES hududida o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Kecha, 2 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi GESning axlat yig‘iladigan kovushidan 24 yoshli qizning jonsiz jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2001 yilda tug‘ilgan B.O. ismli qiz joriy yilning 10 may kuni Qibray tumanidagi o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida qizning murdasi Qibray tumani “Sohibkor” MFY, Ifor ko‘chasidagi 11-sonli GESning axlat yig‘iladigan kovushidan tan jarohatlarsiz topilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, B.O.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarini suyuqlik (suv) bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mart kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi hududidan o‘tgan ariqdan 2 yoshli o‘g‘il bolaning jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura GES tergov Qibray murda mexanik asfiksiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing