Qirg‘iziston Prezidenti 1 yilda qancha daromad qilgani aytildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2024 yilda 2 million 214 ming 482,38 qirg‘iz somi (taxminan 305 mln 598 ming so‘m) miqdorida daromad qilgan. Bu haqda mamlakat Davlat soliq xizmati tomonidan e’lon qilingan 2024 yil uchun davlat va munitsipal xizmatchilarning deklaratsiyalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Unga ko‘ra, Sadir Japarovning 2024 yildagi daromadi 2 million 214 ming 482,38 qirg‘iz somini tashkil etgan, biroq xarajatlar ko‘rsatilmagan.

Prezident mulkida:

  • maydoni 2 ming 627 kvadrat metr bo‘lgan biznes-markaz;
  • Issiqko‘l viloyati Tyup tumanida 63 sotix qishloq xo‘jaligi yeri;
  • 21 sotix yer uchastkasi mavjud.

Bundan tashqari, ko‘char mulk sifatida 100 ming somga baholangan “Jiguli” avtomobili qayd etilgan. Shuningdek, 1 milliard 163,5 million som pul mablag‘lari legallashtirilgan mablag‘lar sifatida ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentning yaqin qarindoshlari yil davomida 29 million 706 ming 840 so‘m daromad olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Jogorku Keneshdagi nutqida Qirg‘iziston zarurat tug‘ilganda mamlakat butun tashqi qarzni bir kun ichida so‘ndirish imkoniyatiga ega ekanini, biroq buni qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Prezidenti deklaratsiya Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing