Qirg‘izistonda o‘rtacha maosh qanchaligi aytildi
Olam
−
10 yanvar 9968 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida Qirg‘izistonda o‘rtacha oylik ish haqi 42 ming 919 somni yoki 491,3 AQSH dollarini tashkil etgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda 2024 yilning shu davri bilan solishtirganda ish haqi 19,2 foizga oshgan, inflyatsiya hisobga olingan holda esa real o‘sish 10,4 foizni tashkil etgan. Mamlakat bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi Bishkek shahrida qayd etilgan – 54 ming 618 som.
Hududlar kesimida o‘rtacha ish haqi quyidagicha:
- Issiqko‘l viloyati – 46 ming 261 som;
- Norin viloyati – 39 ming 934 som;
- Talas viloyati – 38 ming 725 som;
- O‘sh shahri – 34 ming 662 som;
- Jalolobod viloyati – 34 ming 633 som;
- Chuy viloyati – 33 ming 837 som;
- Batken viloyati – 31 ming 461 som;
- O‘sh viloyati – 26 ming 914 som.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ish haqi o‘rtacha 5 mln 982 ming so‘mni tashkil qilgandi. Eng ko‘p maosh oladiganlar Toshkent shahrida – 10 milliondan ortiq, undan keyin Navoiy viloyati (7,48 mln) va Toshkent viloyati (5,67 mln) o‘rin olgan. Qashqadaryoda esa bu raqam eng past – 4,1 million so‘m atrofida edi.
Live
Barchasi