Qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar 62 mln so‘m jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi qizg‘aldoqzor bir necha avtomobil tomonidan payhon qilingani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish davomida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga tegishli transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 6 mln 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan. Shuningdek, uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 million 600 ming so‘mdan), jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to‘lashi belgilangan.

“Ekologiya qo‘mitasi yurtdoshlarimizni atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga,  asrab-avaylashga chaqiradi. Unutmang, har qanday ekologik huquqbuzarlik qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Ko'kdala qizg'aldoqzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing