Qoraqalpog‘istonda issiq havo sababli bog‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
16 iyul 7828 1 daqiqa
Joriy yilning 16-18 iyul kunlari ob-havoning keskin isib ketishi sababli Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu bo‘yicha Xo‘jayli tuman hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 16-18 iyul kunlari ob-havoning 40 daraja va undan yuqori bo‘lishi munosabati bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi. 17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda respublikaning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi