Qozog‘iston aprel oyida ilk raketasini fazoga uchirishi mumkin
Olam
−
31 mart 3397 1 daqiqa
Joriy yilning 3 aprel kuni Ostona vaqti bilan 16:00 da Qozog‘iston “Soyuz-5” raketasini fazoga uchirishi mumkin. Bu haqda KazTAG xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Soyuz-5” (Sunkar) tashuvchi raketasi birinchi marta Boyqo‘ng‘ir kosmodromining start kompleksiga olib chiqilgan va birinchi sinov uchishi uchun tayyorgarlik ishlari boshlangan.
Bugun, 31 mart kuni ertalab foydali yukning maketi bilan birga “Soyuz-5” raketasi kosmodromning 42-uchastkadagi montaj va sinov binosidan temir yo‘l orqali 45-uchastkadagi start qurilmasiga vertikal holatda o‘rnatilgan. Bir necha kun ichida kosmodrom mutaxassislari start kompleksi va raketa tizimlarini yakuniy tekshiruvdan o‘tkazadi.
“Bayterek” kosmik raketa kompleksi – bu Qozog‘iston va Rossiya hamkorligidagi loyiha bo‘lib, Boyqo‘ng‘ir kosmodromida yerga o‘rnatilgan kosmik infratuzilma yaratish va ekologik toza yoqilg‘i komponentlariga ega raketalarni uchirishni maqsad qilgan.
Loyiha 2004 yilda tashkil etilgan va 2005 yilda o‘sha paytdagi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga tashrifi chog‘ida rasmiy ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Qozog‘iston va Rossiya hamkorlikda “Bayterek” loyihasi doirasida fazoga kosmik raketa uchirishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi