Qozog‘iston bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi allaqachon ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va hozirda jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq. Hukumatning aniqlik kiritishicha, hujjatlarni amalga oshirish doirasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tasdiqlash mexanizmlarini joriy etish hamda qoidabuzarliklar uchun jarimalar belgilash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, aholining media savodxonligini oshirish va mustaqil Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham mamlakatda 15-16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash zarurligini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, barcha ijtimoiy tarmoq platformalarida majburiy yoshni tasdiqlash tizimi joriy etiladi va belgilangan yoshga yetmagan bolalar hamda o‘smirlarga ushbu xizmatlardan foydalanish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bolalar ijtimoiy tarmoqlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing