Qozog‘istonda ham 8 mart munosabati bilan ayollarga pul beriladi
Olam
−
27 fevral 3044 1 daqiqa
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonada ayrim toifadagi ayollarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2026 yilda to‘lov miqdori har bir ayol uchun 10 813 tenge (taxminan 21,6 AQSH dollari)ni tashkil etadi. Mablag‘lar avtomatik tarzda o‘tkaziladi, buning uchun ariza topshirish talab etilmaydi.
Yordam puli asosan ko‘p bolali onalarga, jumladan, “Oltin alqa” va “Kumush alqa” nishonlari sohibalariga, shuningdek, kam ta’minlangan va poytaxtda doimiy ro‘yxatda turuvchi ayollarga beriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashabbus doirasida jami 36–37 ming nafar ayol qamrab olinadi. To‘lovlar mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. Mukofot puli oluvchilar ro‘yxati davlat bazalari asosida oldindan shakllantirilgan bo‘lib, buning uchun davlat organlariga alohida murojaat qilish shart bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar va qizlarga davlat rahbari nomidan pul sovg‘alari topshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi