Qozog‘istonda bir ko‘zli uloqcha tug‘ildi (video)
Bu qiziq
−
11:41 12363 1 daqiqa
Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida bir ko‘zli uloqcha tug‘ildi. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, uloqchada hayvonlarda juda kam uchraydigan tug‘ma anomaliya aniqlangan. Qozog‘istonlik cho‘ponlardan birining podasida tug‘ilgan echki bolasida bitta markazlashgan ko‘z mavjud bo‘lib, u “siklop” holati sifatida baholanmoqda. Eng e’tiborlisi, ushbu yagona ko‘z ichida ikkita qorachiq shakllangani kuzatilgan.
Mutaxassislar bu holatni “siklopiya” deb ataydi. Bu tug‘ma patologiya bo‘lib, embrional rivojlanish davrida bosh miya va yuz tuzilmalari to‘liq ajralmaydi. Natijada ko‘z kosalari (orbitalar) o‘zaro birlashib ketadi va ikki alohida ko‘z o‘rniga bitta markaziy ko‘z shakllanadi. Odatda, bu kabi holatlar hayvonning uzoq yashab ketish ehtimolini keskin kamaytiradi.
Hozircha ushbu uloqchaning holati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya va Albaniya chegarasidagi sulfidli g‘or ichida ulkan yer osti o‘rgimchak koloniyasi va gigant qo‘shma to‘r topilgandi.
Live
Barchasi