Qozog‘istonda “Konstitutsiya” ismli fuqaro borligi aniqlandi
Olam
−
16 mart 1132 2 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni Qozog‘iston bo‘ylab o‘tkazilgan referendum kunida mamlakatdagi qiziqarli ism-shariflar haqida ma’lumotlar e’lon qildi. Bu haqda Milliy statistika byurosi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Konstitutsiya ismli kishi borligi aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, ushbu ism egasi Ostona shahrida yashovchi ayol hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda referendum va saylov jarayonlari bilan bog‘liq boshqa noodatiy ismlar ham uchraydi. Jumladan, Atazan va Zan ismli bittadan fuqaro yashaydi.
Qayd etilishicha, saylov jarayonlari bilan bog‘liq eng keng tarqalgan ismlardan biri Sailau hisoblanadi. Qozog‘istonda ushbu ismga ega 2003 nafar fuqaro bor. Ularning qariyb yarmi 50 yoshdan oshgan. Sailau ismli fuqarolarning eng ko‘p qismi Ostona shahrida istiqomat qiladi – bu yerda ularning soni 166 nafarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, mamlakatda Sailaugu ismli 24 nafar ayol, Sailaubek ismli esa 1197 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda davlat va siyosiy tushunchalar bilan bog‘liq boshqa ismlar ham uchraydi. Xususan, mamlakatda Qozog‘iston ismli 28 nafar, Ostona ismli 24 nafar, shuningdek Quriltay ismli 3 nafar fuqaro borligi aniqlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ismlar ko‘pincha muhim siyosiy voqealar yoki tarixiy davrlar ta’sirida farzandlarga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi