Kam ta’minlangan oilalarga 81 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida kam ta’minlangan oilalarga 81,8 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘landi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo ob’ektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 275 539 nafar iste’molchiga 81,8 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.

TOP-3 hududlar:

  • Samarqand viloyati – 22,9 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri – 16,2 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati – 7 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan 2024 yilda iste’molchilarga 1 trillion so‘mdan ortiq keshbek qaytarilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS keshbek Ijtimoiy himoya yagona reestri ijtimoiy keshbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing