Kamala Harris himoyasiz qoldi
Olam
−
08 Sentabr 8952 1 daqiqa
Los-Anjeles politsiyasi xodimlari jamoatchilik noroziligidan keyin sobiq vitse-prezident va Demokratik partiyadan prezidentlikka sobiq nomzod Kamala Harrisning xavfsizligini ta’minlashni to‘xtatdi. Bu haqda “Los Angeles Times” nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, mahalliy politsiya xodimlari 6 sentyabr kuni bu vazifadan chetlashtirilgan.
5 sentyabr kuni “Los Angeles Times” gazetasi AQSH Prezidenti Donald Tramp Harrisni davlat himoyasidan mahrum qilganidan keyin kamida 12ta shahar politsiyasi xodimi vaqtincha uning xavfsizligini ta’minlashi haqida xabar berdi. Gazeta rasmiylarning qarorini tanqid qilgan.
Bundan tashqari, Los-Anjeles politsiyasi himoya ligasi buni qattiq tanqid qildi va vaziyatni Los-Anjelesdagi oddiy aholini himoya qilishdan chalg‘itish deya baholadi.
Shuningdek, multimillioner bo‘lgan, bir nechta uy-joylariga ega va o‘z xavfsizligini bemalol ta’minlay oladigan, saylovda muvaffaqiyatsizlikka uchragan nomzodning xavfsizligini ta’minlashni “jinnilik” deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Tramp Harrisga AQSH Maxfiy xizmatidan olgan hukumat himoyasidan mahrum bo‘lishni buyurgandi.
Live
Barchasi