Kamilla Rahimova dunyoning 65-raketkasini mag‘lub etdi

Sport

image

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Kamilla Rahimova AQSHning Texas shtatida bo‘lib o‘tayotgan WTA 250 ATX Open turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

Kamila Rahimova WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning birinchi bosqichida dunyoning 65-raketkasi, musobaqaga oltinchi raqam ostida saralangan vengriyalik Anna Bondarga qarshi kortga chiqdi. To‘qson besh daqiqa davom etgan bahsda Rahimova 6/3, 7/5 hisobida g‘alaba qozondi. Hozirda 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92-o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqaning birinchi bosqich uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi Vengriya vakili Anna Bondar ustidan 6/3, 7/5 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

Endi Kamilla Rahimova chorak final yo‘llanmasi uchun rossiyalik tennischi Oksana Selexmetevaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu to‘qnashuv ertaga, 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Kamilla Rahimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing