Kannavaro Qarshiga bordi
Sport
−
16 Oktabr 8867 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarni o‘yinlari kuzatish maqsadida Qarshi shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FAning ma’lum qilishicha Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi O‘zbekiston superligasidan o‘rin olgan quyidagi uchrashuvlarni stadiondan tomosha qilishi rejalashtirilgan:
16 oktyabr
- “Nasaf” – “Qo‘qon-1912”
17 oktyabr
- “Mash’al” – “Xorazm”
18 oktyabr
- “Dinamo” – “Buxoro”
19 oktyabr
- “Paxtakor” – “Qizilqum”
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib olganidan so‘ng ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoaga ustozlik qildi. Joriy yilning 9 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston 2-0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvayga 1-2 hisobida imkoniyat boy berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro Superligasi o‘yinlarini kuzatishini, O‘zbekistonda uzoq qolishini va hatto velosipedini ham o‘zi bilan olib kelganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi