Kannavaro O‘zbekistonda qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 17796 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan kelishuvga erishganligi haqida xabar berilgan edi. Endi murabbiyning yillik maoshi ma’lum bo‘ldi. 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylik xarajatlarini hisobga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda “Sport-Express” nashri xabar berdi.
Kannavaro Italiya yoki boshqa Yevropa davlatidan taklif kutayotgani uchun darhol O‘zbekistonda ishlashga rozi bo‘lmagan yedi. 2006 yilgi jahon chempioniga Qozog‘iston terma jamoasi ham qiziqish bildirgan, yakunda yesa Kannavaro O‘zbekiston taklifini qabul qilib, bir yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Agar O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida yaxshi natija ko‘rsatsa, Fabio Yevropaga qaytishga yoki O‘zbekiston bilan shartnomasini uzaytirishga umid qilmoqda.
52 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi hisoblanib, u yerda Kannavaro yarim yil faoliyat olib borgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kannavaroning “Dinamo Zagreb” klubidagi yillik maoshi 1,5 mln yevro, murabbiylar shtabi esa yiliga qo‘shimcha 500 ming yevro maosh olgan.
Ma’lumot uchun, 2006 yilgi “Oltin to‘p” sohibi “Guanchjou Evergrand” klubini boshqargan vaqtida yiliga 12 mln yevro ishlab olgan bo‘lib, o‘sha paytda Xitoy Superligasidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylangan. Bu Kannavaroning murabbiylik faoliyatidagi eng katta maosh hisoblanadi.
Live
Barchasi