Karvaxal va Morata Ispaniyaning JCH uchun tarkibiga kiritilmadi

Sport

image

Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati oldidan tuzgan, kengaytirilgan 55 kishilik tarkibga Dani Karvaxal va Alvaro Morata kiritmadi. Shu tariqa, har ikki futbolchi ham 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu qaror allaqachon qabul qilingan bo‘lib, hozircha o‘zgarishi ehtimoldan yiroq. De la Fuente uzoq vaqt davomida Karvaxal va Morataning holatini kuzatib borgan, biroq ularning sust formasi hamda tez-tez jarohat olgani sababli murabbiy yaxshiroq sport formasidagi futbolchilarga ustunlik bergan.

Eslatib o‘tamiz, Karvaxal va Morata avvalroq Ispaniya terma jamoasi sardorlari etib tayinlangan edi. Terma jamoaning yakuniy 26 kishilik tarkibi joriy yilning 25 may kuni e’lon qilinadi.

Joriy mavsumda 33 yoshli Morata barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U mavsumning katta qismini son mushagidagi jarohat sabab o‘tkazib yubordi. 34 yoshli Karvaxal esa bu mavsum barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda qatnashib, jami 885 daqiqa harakat qildi va samarali natija qayd etmadi. Himoyachi mavsum davomida mushak va tizza jarohatlari sabab bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan. Hozirda u o‘ng oyog‘ining kichik barmog‘idagi sinishdan tiklanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Al'varo Morata Dani Karvaxal' Luis de la Fuente

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing