Kasilyasning beshta qimmatbaho soati o‘g‘irlandi

Sport

image

“Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning uyidan beshta qimmatli soati o‘g‘irlandi. Madrid politsiyasi ushbu o‘g‘rilikda  gumon qilinayotgan er-xotinni hibsga olganini ma’lum qildi. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayblanuvchilardan biri Kasilyasning Madrid chetidagi Posuelo-de-Alarkon shahrida joylashgan uyida xizmatkor bo‘lib ishlagan, uning turmush o‘rtog‘i esa boshqa majmuada eshikchi sifatida faoliyat yuritgan.
Politsiya ularni mamlakatni tark etishdan oldin qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Sud ularni ayblov bilan ozod qildi. Tergov davomida o‘g‘irlangan soatlardan ikkitasi topilgan — biri butun, ikkinchisi esa bo‘laklangan holda.

Kasilyas soatlar nusxa bilan almashtirib qo‘yilganini bilib qolgach, o‘g‘irlik haqida politsiyaga murojaat qilgan. Tergov joriy yilning 16 oktyabrida boshlangan, gumonlanuvchilar esa 21 oktyabr kuni hibsga olingan.
Politsiyaga ko‘ra, er-xotin soatlarni bir necha hafta davomida uy ichidan asta-sekin olib chiqib ketgan va ularning bir qismini bo‘laklab sotgan. Qolgan soatlarni topish ishlari davom etmoqda.
Ispaniya Milliy politsiyasi hashamatli soat o‘g‘riligiga ixtisoslashgan guruhlarni kuzatishda davom etmoqda. Bu turdagi jinoyatlar Madrid, Barselona va Kosta-del-Sol hududlarida keng tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Iker Kasilyas professional faoliyati davomida “Real Madrid” bilan 5 marta La Liga va 3 marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Ispaniya terma jamoasi bilan Kasilyas 2 marta Yevropa chempioni va 2010 yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Iker Kasil'yas Madrid Tergov qimmatli soat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing