Xitoyda yaqinda qurilgan ko‘prik qulab tushdi (video)
Olam
−
12 noyabr 7511 1 daqiqa
Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi ko‘prik ochilganiga bir necha oy bo‘lganiga qaramay, qisman qulab tushdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 11 noyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy Sichuan viloyatida mamlakat markazini Tibet bilan bog‘lovchi milliy avtomagistralda yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Maerkang shahri politsiyasi 758 metr uzunlikdagi Xongqi ko‘prigini 10 noyabr kuni tushdan keyin barcha transport vositalari uchun yopgan, chunki yaqin atrofdagi tog‘ yonbag‘irlarida va yo‘llarda yoriqlar paydo bo‘lgan, shuningdek, tog‘ relefida siljishlar kuzatilgan.
Tog‘ yonbag‘iridagi vaziyat yanada yomonlashgan va ko‘chkilar yuz bergan, oqibatda kirish qismi hamda yo‘l qoplamasi qulab tushgan.
Ko‘prik qurilishi joriy yil boshida yakunlangan, bu haqda pudratchi kompaniya — Sichuan Road & Bridge Group ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videoda ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi bog‘lardan birida osma ko‘prik trosi uzilib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi jarohat olgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr