Tramp yadroviy qurol bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni jalb qilmoqchi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp yadroviy qurollar sohasidagi cheklovlarni saqlab qolish va qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni ham jalb etish niyatida. Bu haqda AQSH ma’muriyatidagi mansabdor shaxsga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

“Prezident Tramp bir necha bor yadroviy qurollar butun dunyo uchun tug‘dirayotgan tahdidga qarshi turish zarurligini ta’kidlagan va yadroviy qurollar bo‘yicha cheklovlarni saqlab qolish hamda qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni qo‘shishni istashini bildirgan”, deydi manba.

Shu bilan birga, nashr Tramp so‘nggi pallada Rossiya va AQSH o‘rtasidagi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomaning (SNV) amal qilish muddatini uzaytirishga rozi bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 kundan keyin AQSH va Rossiya tasarrufidagi joylashtirilgan yadroviy kallaklar sonini cheklab kelgan, huquqiy jihatdan majburiy bo‘lgan so‘nggi kelishuv – Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati yakuniga yetishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy yadroviy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing