Xorazmda dorilarni retseptsiz sotayotgan farmatsevt ushlandi

3-sahifa

image
O‘zbekiston retsept bilan dori sotishni qaydan o‘rgandi? north_east

O‘zbekiston retsept bilan dori sotishni qaydan o‘rgandi?

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Hazorasp tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.D.D.” MCHJ dorixonasi farmatsevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida dorixona mudirining moddiy javobgarligida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan bemorlarga retsept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining kamomadi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyida Toshkent shahri hamda 15 ta tuman (shahar)da “Elektron retsept” tizimi joriy etilgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Hazorasp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing