Kim Lukashenkoni huzuriga chorladi
Olam
−
24 mart 4400 1 daqiqa
Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 25–26 mart kunlari Shimoliy Koreyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tashrif KXDR yetakchisi Kim Chen In taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida asosiy tadbir ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar bo‘ladi. Uchrashuvda Belarus va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarning barcha yo‘nalishlari muhokama qilinishi, o‘zaro manfaatli sohalar aniqlanishi hamda amalga oshirish uchun eng istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarning huquqiy-shartnomaviy asosini mustahkamlash va hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yana Prezident etib qayta saylangandi. Ushbu qaror mamlakat Oliy xalq majlisining bir kun avval bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasidan so‘ng qabul qilingan. U 99,93 foiz ovozi bilan tasdiqlangan, saylovda ishtirok etish darajasi esa 99,99 foiz bo‘lgan.
Live
Barchasi