KXDR Konstitutsiyasidan “sotsialistik” so‘zi olib tashlandi
Olam
−
24 mart 4405 1 daqiqa
Shimoliy Koreya Konstitutsiyasi nomidan “sotsialistik” so‘zi chiqarib tashlandi. Ushbu qaror KXDR 15-chaqiriq Oliy xalq majlisining (OXM) birinchi sessiyasi ikkinchi kunida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Tadbirda OXM raisi Cho Yon Von ma’ruza qilib, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar “sotsialistik qurilishning huquqiy kafolatini yaratishda tub burilish nuqtasi” bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlagan.
Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, OXM rahbari deputatlarga qonun loyihasi mazmunini, jumladan, KXDRning Sotsialistik Konstitutsiyasi nomini KXDR Konstitutsiyasi deb o‘zgartirishni batafsil tushuntirib bergan. Majlisda ko‘rib chiqilgandan so‘ng, qonun bir ovozdan qabul qilingan.
Yig‘ilish davomida KXDR yetakchisi Kim Chen In davlat faoliyatida “Xalq ommasi hamma narsadan ustun” g‘oyasiga amal qilish, shuningdek, “sotsialistik qurilishning hozirgi vaziyatini hisobga olgan holda” uchta inqilobni – mafkuraviy, texnik va madaniy inqiloblarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-chaqiriq OXM birinchi sessiyasining birinchi kunida Kim Chen Inni mamlakatdagi oliy davlat lavozimi – KXDR Davlat ishlari raisi etib qayta saylash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Live
Barchasi