Kuydirgi kasalligi bo‘yicha qo‘shnilarda vaziyat jiddiy – Sanepidqo‘mita
Olam
−
11 iyul 8987 2 daqiqa
Kuydirgi kasalligi O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 55 ta chegara punktlaridan o‘tuvchilar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi epidemiologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Farhod Qurbonbekov ma’lum qildi.
Qurbonbekovga ko‘ra, respublikada kasallikni oldini olish uchun gumon etilgan holatlar yuzaga kelganda tashxislash, davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bundan tashqari, kasallik o‘choqlarida tuproqdan namunalar olib, laboratoriya sharoitida doimiy nazorat olib boriladi.
Kasallikning O‘zbekiston hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida esa 55 ta chegara punktlaridan o‘tuvchilar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu punktlarda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, kuydirgi (Sibir yarasi) – Bacillus anthracis bakteriyasi sababli yuzaga keladigan xavfli infeksion kasallik bo‘lib, asosan hayvonlardan yuqadi. Odamlarda kasallik teri, o‘pka yoki me’da-ichak shaklida kechishi mumkin. Odamdan odamga yuqmaydi. Kasallik asosan kasal hayvon bilan aloqa qilish yoki yaxshi pishmagan go‘sht iste’moli orqali yuqadi. Hatto 100 darajada qaynatilgan go‘sht ham xavfli bo‘lishi mumkin faqat to‘liq qizdirilgan, ichida pushti joy qolmagan go‘sht xavfsiz hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqmola viloyati Otbosar tumanidagi ikki qishloqda kuydirgi aniqlangani sababli karantin e’lon qilingandi.
Live
Barchasi