Lavrov nega ko‘rinmay qoldi? Putin javob berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan suhbatlashgani uchun “qora ro‘yxatga tushdi”, degan gaplar ahmoqlik sanaladi. Bu haqda kecha, 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti bo‘yicha matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Putin jurnalist Aleksandr Yunashevning savoliga javob berar ekan, Lavrov ikki hafta siyosiy maydondan yo‘qolib qolganini Rubio bilan suhbatga bog‘lash chalg‘ituvchi gap ekanini ta’kidlagan. Prezident jurnalistga hazil bilan Lavrovni sog‘indingmi, dedi, ammo u vazir siyosatdan chetda emasligini qayd etgan.

“Uning o‘z ish jadvali bor. Menga hisobot berdi, nima bilan shug‘ullanayotganini, qaysi vaqtda shug‘ullanishini aytdi. Amerikalik hamkorlar bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, degan Putin. 

22 oktyabr kuni NBC kanali manbalarga tayanib, Lavrov va Rubio telefon orqali muloqot qilgani, bu esa AQSH Prezidenti Donald Trampning tinchlik sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilganini xabar qilgan. Jurnalistlar Lavrov suhbat davomida “tashvishli” ko‘rinishda bo‘lganini iddao qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sergey Lavrov Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing