“Liverpul”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi yozda “Nyukasl Yunayted”dan 25 yoshli shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “magpiylar” shvetsiyalik futbolchining transferi uchun kamida 120 million funt sterling (taxminan 144 million yevro) olmoqchi. O‘z navbatida “mersisaydliklar” hujumchining transferi uchun ham xuddi shuncha mablag‘ sarflashga tayyor.

Qayd etilishicha, Isak “Nyukasl”dan yangi shartnoma bo‘yicha bir nechta takliflarni rad etgan.

Joriy mavsumda Isak barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda qatnashib, 26 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Aleksandr Isak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing