Lukashenko boladek quvonyapti. Tramp unga ham taklif yubordi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga respublikaga G‘azo sektorini tartibga solish uchun “Tinchlik kengashi” ta’sischisi bo‘lish taklifi bilan shaxsiy murojaat yo‘lladi. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ruslan Varankov ma’lum qildi. 

“Belarus tomoni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti janob Donald Trampning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Grigorevich Lukashenkoga shaxsiy murojaatini oldi. Belarusning murojaatida G‘azodagi vaziyatni tartibga solish kontekstida “Tinchlik kengashi” – yangi xalqaro tashkilotning ta’sischisi bo‘lish taklif qilingan”, deydi TIV matbuot kotibi.

Varankovning bildirishicha, ushbu taklif Lukashenkoga yetkazilgan va u bunga ijobiy munosabat bildirgan. Belarus “Tinchlik kengashi” ishida ishtirok etishga tayyor, chunki uning mandati va vakolatlari dastlab tashabbusda e’lon qilinganidan ancha uzoqqa kengayadi. Belarus tomonining fikricha, bunday xalqaro tashkilot xalqaro mojarolarni hal qilishda faol ishtirok eta oladi, bu esa oxir-oqibat yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishga yordam beradi. 

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Belarus AQSH uni barqaror dunyo qurish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va kelgusi avlodlar uchun xavfsiz kelajakka sarmoya kiritish orqali boshqalarga o‘rnak bo‘lishga tayyor davlat sifatida ko‘rayotganini yuqori baholaydi. Varankovning qo‘shimcha qilishicha, taklif Belarus Prezidentining shaxsiy xizmatlari va xalqaro obro‘si e’tirofi sifatida ham baholanadi. 

Avvalroq, yana bir qator davlatlar yetakchilari AQSHdan ushbu organ tarkibiga kirish taklifi olgani xabar qilingandi. Kengash ishini 2025 yil oktyabr oyida Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati Misr, Qatar, AQSH va Turkiya vositachiligida kelishib olgan tinchlik rejasining ikkinchi bosqichida boshlash ko‘zda tutilgan. 

Donald Tramp bugungacha ushbu Kengashga Rossiya, Turkiya, Hindiston, Misr, Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlarini taklif qilgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yil 16 yanvarda G‘azo sektorida "Tinchlik kengashi" tuzilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tuzilmani tashkil etish Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasining bir qismi bo‘lib, unda xalqaro kuchlarni joylashtirish ham nazarda tutilgan. Birlashmaning ijroiya qo‘mitasi tarkibiga AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Prezidentning kuyovi Jared Kushner hamda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler kiradi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH G‘azo sektori bo‘yicha xalqaro Tinchlik kengashida doimiy o‘rin olishni istagan davlatlardan kamida 1 milliard AQSH dollari badal kiritishni so‘ramoqda. Ijroiya kengashining birinchi raisi Trampning o‘zi bo‘lib, tashkilot a’zoligiga kimni qabul qilish masalasini aynan u hal qiladi. Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lgan har bir davlat uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi va bitta ovozga ega bo‘ladi. Kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, biroq ularning barchasi rais – Tramp tomonidan tasdiqlanishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Aleksandr Lukashenko Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing