Lukashenko Putindan eng so‘nggi yadroviy qurollarni oldi

Olam

image
Kiyevga Tomahawk berish yadroviy urushni qo‘zg‘atadi – Lukashenko north_east

Kiyevga Tomahawk berish yadroviy urushni qo‘zg‘atadi – Lukashenko

Belarus yadro qurollari arsenalini yangiladi va uni Rossiyadan kelgan zamonaviy tizimlar bilan almashtirdi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Vitebsk viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

“Yadro qurollarimizni yana almashdik, o‘zingizga ma’lum. Biz ularni Rossiyaga olib chiqdik va eng so‘nggilarini olib keldik. Ularni tuzatdik. Ularni saqlash qimmatga tushadi. Rossiyaliklar yordam bermoqda. Biz ularni qaytarib olib keldik”, dedi Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, respublikada yadro qurolining joylashtirilishi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolardan kelib chiqqan. Lukashenkoga ko‘ra, G‘arb davlatlari o‘z qurollarini faol ravishda oshirishda davom etmoqda va bunga milliardlab dollar sarflamoqda.

“Qurol olsangiz, uni devorga osib qo‘yish uchun sotib olmaysiz. Belarus 1941 yildagidek bu yerga kelib, ayollarimizni zo‘rlashlarini, bolalarimizni o‘ldirishini kutib o‘tirishni istamaydi”, dedi u.

Lukashenko avvalroq mamlakatga qilingan hujum uchinchi jahon urushi sifatida baholanishi va yadro qurolidan foydalanishga olib kelishini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya ham shunday pozitsiyada va Minskka mudofaa yordamini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Rossiyaning "Oreshnik" raketa majmuasi dekabr oyida Belarusda jangovar shay holatga keltirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko “Time” jurnali jurnalisti bilan suhbatda Belarus urushning oldini olish maqsadida har kuni, har oy urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. U Belarusning mudofaa qobiliyatini oshirishda Rossiya ittifoqchilari muhim rol o‘ynashini ta’kidlagandi. Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusning o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashdagi strategik ahamiyatini bilishini va shu bois uni bu borada qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. U respublikaga harbiy tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini yashirib o‘tirmadi.

Oktyabr oyining boshida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning ko‘rsatmasi bilan mamlakat Qurolli kuchlari shay holatga keltirildi


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko yadroviy qurollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing