Maduro AQSHda hibsda turib murojaat qildi
Olam
−
29 mart 21932 1 daqiqa
Venesuyela Prezidenti Nikolas Maduro AQSHda hibsda bo‘lgan holda uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor murojaat bilan chiqdi. U bugun, 29 mart kuni X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot e’lon qilgan.
Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores nomidan joylangan xabarda ular fuqarolardan kelayotgan qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini olayotgani va buning uchun minnatdor ekani aytiladi.
“Biz sizlarning xabarlaringizni, maktublaringizni va duolaringizni oldik. Har bir mehr va qo‘llab-quvvatlov so‘zi bizni ruhiy jihatdan mustahkamlamoqda. Biz yaxshimiz, bardam va xotirjammiz”, deyiladi murojaatda.
Shuningdek, Maduro tinchlikni mustahkamlash, milliy birlik va muloqotni kuchaytirishga chaqirgan. Unga ko‘ra, Venesuyela yarashuv va o‘zaro hurmat yo‘lidan borishi kerak.
Avvalroq, uning Bruklindagi metropoliten tergov izolyatorida saqlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Manbalarga ko‘ra, u deyarli to‘liq izolyatsiya sharoitida saqlanmoqda.
Maduro o‘z hibsga olinishi noqonuniy ekanini ta’kidlab, bu haqda ma’lumotni oilasiga va boshqa venesuyelalik mahbuslarga yetkazishni so‘ragan.
Live
Barchasi