Magistratura uchun ham qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
Jamiyat
−
27 Sentabr 6567 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yiliga magistratura uchun qo‘shimcha qabul ochildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlangan va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.
Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi. Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida qolgan vakant o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi