Makgregor haqida mendan so‘ramang – Dana Uayt
Sport
−
17 Oktabr 2479 1 daqiqa
Joriy yilning 15 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan “Dana Uaytning nomzodlar seriyasi” janglaridan keyingi matbuot anjumanida UFC prezidenti Dana Uayt jangchi Konor Makgregorning Oq uydagi turnirdagi ehtimoliy ishtiroki haqidagi savolga javob berdi.
“Fevral oyiga qadar musobaqa kardini ko‘rib chiqmaymiz. Konorning ishtiroki bo‘yicha mendan emas, Jeff Novitski (UFC sportchilar salomatligi va xavfsizligi bo‘yicha vitse-prezidenti) bilan suhbatlashing”, dedi Uayt matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, joriy oyning boshida Makgregor antidoping qoidalarini buzganligi uchun 18 oyga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘lgandi. Jangchining diskvalifikatsiyasi 2026 yil mart oyida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi UFC turniri 2026 yil 14 iyunda bo‘lib o‘tishi kerakligini aytgandi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi