Sobiq UFC chempioni avtohalokatga uchradi
Sport
−
31 Oktabr 16054 1 daqiqa
Kecha, 30 oktyabr kuni Braziliyaning Belem shahrida UFC'ning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Deyvison Figeyredu yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida sportchining Land Rover rusumli avtomobili boshqa mashina bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda MMA fighting xabar berdi.
Figeyredu Belem shahridagi Kvintino Bokayuva ko‘chasida mashinasini haydab ketayotgan paytda yon tarafdan kelayotgan mashina uning mashinasining yon tomoniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida jangchining avtomobili bir necha marta aylangan. Hodisa oqibatida sportchi jarohat olmagan va u bilan hozircha hammasi yaxshi.
“Bir ayol katta tezlikda, aftidan, qochishga urinib, yon ko‘chadan chiqdi va mening mashinamning yon tomoniga urildi. Oqibatda? mashinam bir necha marta ag‘darilib ketdi”, deydi Figeyredu ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa paytida mashinada u yolg‘iz bo‘lgan va jarohat olmagan.
“Mening mashinam o‘q o‘tmas edi, Xudoga shukurki, menga hech narsa bo‘lmadi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Deyvison Figeyredu professional faoliyatida 25 ta g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 1 durang natijaga ega. U yaqinda UFC Rio turnirida Montel Jeksonni mag‘lub etgan. Figeyredu bundan oldin Pyotr Yan va Kori Sendxegenga qarshi janglarda imkoniyatni boy bergan.
Live
Barchasi