“Manchester Siti” himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Angiyaning “Manchester Siti” klubining shveysariyalik himoyachisi Manuel Akandji faoliyatini  Turkiya chempioni “Galatasaroy” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sporx” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbul jamoasi futbolchi uchun rasmiy taklif jo‘natgan. Futbolchining agenti shu haftada muzokaralar uchun Turkiyaga keladi.
Turkiyaning “Galatasaroy”  jamoasi futbolchining transferi bo‘yicha klub va himoyachining agenti bilan muzokaralarni olib boradi. “Shaharliklar” ushbu transferga rozi bo‘lgan, endi ximoyachi “Galatasaroy” klubi  bilan shartnoma masalalarini kelishib olishi qolgan.
Manuel Akandji 2022 yildan beri “Manchester Siti” jamoasida harakat qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlandi. Akandji “shaharliklar” safida 136 rasmiy o‘yinda maydonga tushgan, 5 ta gol va 3 assitni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Manchester Siti Galatasaroy Manuel' Akandji Angiyaning

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing