Medet Nazarov Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Sport

image

Bugun, 16 fevral kuni o‘zbekistonlik sportchi Medet Nazarov Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isining slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Nazarov dastlabki chiqishda 1:07,51 qayd etdi. Bu orqali Medet marraga yetib kelganida 33-pog‘onaga joylashdi. Yakunda esa 35-o‘rindan joy oldi. Ikkinchi startda Nazarov ayrim sabablarga ko‘ra, ishtirok etmadi va umumiy reytingdan joy ololmadi.

Shveysariyalik Loik Meyar ushbu dasturda ikki urinishdan so‘ng Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi. Kumush medal avstriyalik Fabio Gshtraynga nasib etgan bo‘lsa, norvegiyalik Xenrik Kristoffersen bronza medalga ega chiqdi. 

Shuningdek, kun doirasida o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida startga chiqdi va raqiblarining qoidabuzarligi evaziga kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi u joriy yilning 18 fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Medet Nazarov ishtirok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing