Nazarov Olimpiadada tog‘ chang‘isining slalom dasturida qatnashdi (video)
Sport
−
16 fevral 1111 1 daqiqa
Bugun, 16 fevral kuni o‘zbekistonlik sportchi Medet Nazarov Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari tog‘ chang‘isining slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi.
Nazarov dastlabki chiqishda 1:07,51 qayd etdi. Bu orqali Medet marraga yetib kelganida 33-pog‘onaga joylashdi. Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadigan hal qiluvchi startdan keyin uning musobaqadagi yakuniy o‘rni aniq bo‘ladi.
Shuningdek, bugun, 16 fevral kuni o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog ham 500 metr masofadagi saralash bahsini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Daniil Yeybog kecha, 15 fevralga o‘tar kechasi short-trek bo‘yicha 1500 metr masofada kechgan bahslarda chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Yarim finaldagi chiqishida Yeybog o‘z guruhida roppa-rosa ikki daqiqa 18 soniyada uchinchi bo‘lib finishga keldi. U yakunda “B” finalda ishtirok etib, musobaqani 14-o‘rinda yakunladi.
Ma’lumot uchun, Medet Nazarov esa joriy yilning 14 fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha gigant slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi. Nazarov dastlabki chiqishda 1:25.75 soniya natija qayd etdi. Ikkinchi chiqishdan so‘ng 1:21.14 soniyalik ko‘rsatgich bilan 50-o‘rinni egalladi. Nazarov chempiondan +21.89 soniya ko‘proq vaqt sarfladi.
Live
BarchasiShayxontohur tumanida xonadon yonmoqda
16 fevral