Meni yo‘q qilishga urinishlar ko‘p bo‘ldi – Tashiyev

Olam

image
Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston DXX raisini tabrikladi north_east

Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston DXX raisini tabrikladi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Noqat tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev uni yo‘q qilishga bir necha bor urinishlar bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Qamchibek Tashiyev korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy guruhlarga barham berish, jamoat tartibini mustahkamlash chora-tadbirlari haqida gapirdi.

Mahalliy aholi qishloq muammolarini tilga olib, qator ijtimoiy masalalarni hal etishda yordam so‘radi. Ular orasida aholini toza suv bilan ta’minlash, yangi maktab qurish, tez tibbiy yordam mashinasiga bo‘lgan ehtiyoj, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa muhim masalalar bor.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari ushbu masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Kulatovskiy qishloq hokimiyatini yangi tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlashga va maktab binosi qurilishiga yordam berishga va’da berdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashishni yoqtirmaydiganlar bor. Ular orasida korrupsiyaga uchragan amaldorlarning qarindoshlari, banditlar ham bor. Meni yo‘q qilishga ko‘p urinishlar bo‘ldi. Prezidentning maxfiy buyrug‘i bilan menga “Buni kuzating, bunday bo‘lmaydi” deb maxsus qo‘riqchi tayinlangan. Bunga chidaymiz, tugatamiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchibek Tashiyev oilaviy zavodini sotib, tug‘uruqxona qurgandi. U mamlakatdagi ayollarni ko‘proq farzand dunyoga keltirishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchibek Tashiev O'sh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing