Messi yana bir marrani zabt etdi
Sport
−
10 noyabr 1546 2 daqiqa
Kecha, 9 noyabr kuni “Inter Mayami” MLS pley-offida “Neshvill” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi ushbu uchrashuvda 2 gol va bitta golga uzatma amalga oshirdi. Shu tariqa Messi professional faoliyatidagi 400-assistentni qayd etdi. Bu haqda “Cadena SER” nashri xabar berdi.
“Neshvill”ga qarshi o‘yinda Messi 10-daqiqada chap oyoq bilan jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi goli xuddi shu tarzda kiritildi. Messi jamoasining 4 golida Tadeo Alendening golliga pas berdi.
O‘yin so‘ngida “Barselona”da ham, Argentina terma jamoasida ham Messi bilan birga bo‘lgan va hozir uning murabbiyi Xaver Maskerano o‘yinchining to‘p bilan ham, to‘psiz ham harakatlarini yuqori baholadi.
“Messini o‘yini bilan tabriklashim kerak, chunki u bizni yuqori matbuotda birinchi bo‘lib yetaklagan. 38 yoshida bugungi kunda ham pressing qilayotganini ko‘rish hayratlanarli. Messining to‘p bilan qilgan ishlari hammaga ma’lum, ammo uning to‘psiz qilgan ishlari chindan ham aql bovar qilmaydi”, dedi murabbiy.
Shuningdek, Messi endi 400 ta golga uzatmaga erishgan tarixdagi ikkichi futbolchi bo‘ldi. Barcha davrlarning eng yaxshi assist muallifi Ferens Pushkash hisoblanadi. U faoliyati davomida jami 404 ta golga uzatma amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda klubi safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 40 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messi joriy yilning 5 noyabr kuni Kaseya markazida o‘tgan Amerika biznes-forumida Mayami meri Frensis Suares tomonidan shaharning ramziy kalitini qabul qilib olgan edi.
Live
Barchasi