Mirziyoyev Germaniyaning yangi kanslerini tabrikladi

Jamiyat

image
Germaniya Shols bilan vidolashdi (video) north_east

Germaniya Shols bilan vidolashdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda bugun, 7 may kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z maktubida kansler rahbarligidagi hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan o‘tgan hamda muhim hamkor bo‘lgan Germaniya bilan ko‘p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta’kidlangan.

"Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga aminman", deyiladi Prezident maktubida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 may kuni Bundestag ovoz berishning ikkinchi bosqichida Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib saylagandi. Mers saylanishi uchun 316 ovoz kerak edi, u birinchi bosqichda 310 ta ovoz, ikkinchi bosqichda esa 325 ovoz oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing